TOP CEO
DASTURI MENTORLARI:
Reformat konsalting kompaniyasi asoschisi. Marketing sohasida 22 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida Universal McCann Digital Global marketing kompaniyasi, Ucell, Agromir Food (TM Bliss), Ekopen, Payme va Anorbank kompaniyalarida marketing yo’nalishi TOP pozitsiyalarda faoliyat yuritgan. Konsalting yo’nalishida EVOS va Agrobank rebranding va uzoq muddatli marketing strategiyalari loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Strategik marketing, Brending, PR yo’nalishlarida professional ekspert.
Reformat konsalting korxonasining hammuassisi. Marketing va PR sohasida 12 yillik tajribaga ega. Marketing bo’yicha MBA darajasini olgan. Uzbekistan GTL, Ekopen, Payme, Agrobank kompaniyalarida marketing va PR yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan. Marketing tadqiqotlari olib borish, Brend va Marketing strategiyalari tuzish bo’yicha ekspert.
Veolia Energy Tashkent Bosh HR direktori, HR boshqaruvi yo’nalishida 28 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida UZBAT, MAN Auto, Dedeman Silk Road Tashkent, The Hotel Wyndham Tashkent, PEPSI Uzbekistan, Uzcarlsberg kabi kompaniyalarda TOP HR pozitsiyalarda faoliyat olib borgan. O’zgarishlarni boshqarish, HR metrikalar, HR siyosat, Talantlarni o’qitish va rivojlantirish, HR strategiyalarni ishlab chiqish, HR jarayonlarini tizimlashtirish, Ish haqi va KPI tizimlarini yo’lga qo’yish bo’yicha professional ekspert.
Veolia Energy Tashkent kompaniyasida "Head of Business Transformation" lavozimida faoliyat yuritadi, moliyaviy boshqaruv sohasida 27 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida O‘zbekistonda UZBAT, UzCaseMash, IFODA holdingi va Rossiyada Skolkovo Biznes Maktabi, SIBUR kompaniyalar guruhi, ACNielsen Cyprus, “Базовый элемент” kompaniyalar guruhida moliya yo’nalishi TOP lavozimlarida faoliyat yuritgan. Investitsiyalarni baholash, Qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, Risklarni boshqarish, Moliya bo’limini tizimlashtirish, ERP tizimlarini o’rnatish, IFRS transformatsiya yo’nalishlarida professional mutaxasis.
KFC O‘zbekiston operatsion direktori. Operatsion boshqaruv va marketing yo‘nalishida 12 yillik tajribaga ega ekspert. Pofessional karyerasi davomida PEPSI Uzbekistan, Mondelez International kabi kompaniyalarda faoliyat yuritgan, Oxirgi 6 yillik faoliyatini KFC O‘zbekistonda amalga oshirib kelmoqda. Operatsion boshqaruv va tizimlashtirish bo‘yicha professional ekspert.
Xalqaro sertifikatga ega biznes-trener. HR sohasida 20 yildan oshiq amaliy tajribaga ega. O’zbekistonda UzCase, KPMG va ARTEL kompaniyalarida HR direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. UJC (O'zbekiston Yaponiya markazi) da Biznes trener, TBC bank o’quv markazi raxbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jamoada samarali komunikatsiya va maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan liderlik va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish, Boshqaruv qobiliyatlarini o’stirish, Strategik va kreativ fikrlashni shakllantirish va HR sohasi bo’yicha kuchli praktik ekspert.
Biznesning strategik va operatsion boshqaruvi bo‘yicha ekspert, 25 yillik amaliy tajribaga ega. Xalqaro kompaniyalarning tijorat yo‘nalishlarida (Procter & Gamble, Reckitt Benckiser, Carlsberg Uzbekistan, Apple City Corps), shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston bozorlaridagi yirik mahalliy kompaniyalarda (Agromir Food, АКТИОН МЦФЭР Узбекистан, Varton) boshqaruv lavozimlarida ishlagan.