TOP CEO — rahbarlar uchun O’zbekistondagi birinchi amaliy MBA dasturi
TOP CEO ning boshqa dasturlardan ajralib turadigan ustunliklari:
Menejmentning barcha muhim sohalarini o‘z ichiga oladi: Strategiya, O’zgarishlarni boshqarish , Liderlik, Moliya, Marketing, HR boshqaruvi Biznesni tizimlashtirish va Raqamli transformatsiya
To’liq qamrovli biznes boshqaruvi
Kurs davomida boshqa yirik kompaniya rahbarlari bilan samarali networking qilishingiz uchun dars jarayonida amaliy mashg’ulotlar, coffee-break’lar hamda darsdan tashqari kechki ovqat uchrashuvlari o’tkaziladi.
Yuqori darajali networking
O’zbekiston va Xalqaro brendlarda 20 yildan oshiq tajribaga ega ekspertlardan bevosida bilim olish
O’z sohasining eng yaxshi praktik ekspertlari
Darslar kichik guruhlarda real biznes keyslar va amaliy mashg'ulotlar asosida olib boriladi;
Kompaniyada O’zgarishlarni boshqarish va Strategik boshqaruv modulida quyidagi savollarga javob topamiz;
Rahbar sifatida o’zimizga baho beramiz, menda qaysi funksiyalar ustun Tadbirkorlikmi?, Administratorlikmi?, Ishlab chiqaruvchilikmi? yoki Integratorlik?
Kompaniyamiz hozir qaysi hayotiylik siklida? “ Davay-davay”, “Yoshlik” yoki “Gullab-yashnash”?
Kompaniyani transformatsiya qilish va “Gullab-yashnash” bosqichiga olib chiqish uchun qanday organizatsion yechimlar mavjud?
Uzoq muddatli barqaror rivojlanadigan kompaniya qurmoqchiman?
Nima uchun ayrim kompaniyalar 20 yildan beri bozorda mavjud, ayrimlari esa yo’q?
Kompaniya fundamental asoslari “MISSIYA”, “QADRIYATLAR” va “VISION” ni chuqur anglash va tadbiq etish qanday bo’ladi?
Kompaniyaga Strategiya nima uchun zarur va qachon va kimlar bilan ishlab chiqqan ma’qul?
Kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasi qanday ishlab chiqiladi?
Strategiya ishlab chiqdik, lekin amalga oshmayapti? Qayerda xato? Odamdami? Tizimdami? Strategiyaning o’zidami? Nima qilsak strategiya ishlaydi?
Strategik rejalashtirishni kompaniya faoliyati uchun asosiy foydalari nimalar?
2-modul
Operatsion boshqaruv va Raqamli transformatsiya modulida quyidagi savollarga javob topamiz
Biznesim menga bog’lanib qolgan, nima qilsam operatsionkadan chiqaman?
Biznesim yaxshi ketyapti, nima qilsam yanada tizimli, barqaror va oson boshqariladigan qilsam bo’ladi?
Biznesni tizimlashtirish uchun nimalar qilish kerak?
Operatsion boshqaruv funksiyasi kompaniyada nimaga javob beradi? Operatsion direktordan nimani talab qilishim kerak?
Kompaniya hayot siklidan kelib chiqib, qachon o’zi kompaniyani 100% tizimlashtirish kerak?
“KAYZEN” o’zi nima? Uni 10 ta qonuni nimalardan iborat?
Biznesda samaradorlikni qanday oshirsa bo’ladi? Kompaniyadagi asosiy yo’qotishlar va ularni qanday bartaraf qilish kerak?
PDCA sikli nima? Va bu sikl to’liq ishlamasligi oqibatida o’zbek kompaniyalari nega“MILLIONLAB DOLLAR” yo’qotmoqda? Mening biznesim qancha yo’qotmoqda?
Biznesni samaradorligini oshirishda raqamlashtirishning o’rni, Biznesda tizim nima va uni qaror qabul qilishdagi o’rni?
Sun’iy intelektni biznesga ta’siri, kelajakdagi biznesni nimalar kutmoqda?
3-modul
Strategik marketing va Brand strategiyasi modulida quyidagi savollarga javob topamiz
Marketingning mohiyati nima? U faqat reklamadan iboratmi? Tinmasdan reklama qilyapmiz, lekin sotuv oshmayapti?
Marketing bo’limi nima vazifalarni bajaradi va marketologimdan reklama qilishdan tashqari, nimalarni so’rashim kerak?
Bozorda yetakchi bo’lishimiz uchun qanday marketing instrumentlari mavjud?
Bozorni egallash Marketing strategiyasi qanday ishlab chiqiladi?
Mahsulot yoki xizmatimni bozorda ko’proq yashashini ta’minlash uchun qanday strategiyalar ish beradi?
Bozorda raqobatchilar juda ko’payib ketdi, bu holatda o’sish strategiyasi qanday bo’ladi?
Mijozlar qanday turlarga bo’linadi va ularni xulq-atvoridan kelib chiqib, qanday yondashuv qilsam raqobatda yutib chiqaman?
Brendni “TOP OF MIND”ga olib chiqishim uchun nimalar qilishim kerak?
Nega ayrim brendlar mahsulotlarini xaridorlar navbat turib kutishadi, buni siri qayerda?
Brendni iste’molchi tasavvuriga joylashim uchun qanday usullarni qo’llashim kerak?
4-modul
Boshqaruv va Liderlik, DISC modulida quyidagi savollarga javob topamiz
Rahbar va lider farqi nimada?
Samarali liderlik prinsiplari nimalar?
Nima qilsam samarali jamoa shakllantiraman?
Jamoani samarali boshqarishda “KOUCHING” qanday yondashuv?
Qanday qilib jamaoni ruhlantirish va vazifalarni samarali taqsimlash mumkin?
Jamoa a’zolari tipologiyasidan kelib chiqib, situatsion moslashuvchan liderlik qanday bo’ladi?
DISC bo’yicha odamlar xulq-atvor modeli qanday bo’ladi?
DISC bo’yicha odamlar xulq atvorini qanday aniqlash mumkin?
DISC bo’yicha har xil xulq-atvorga ega odamlarni bir-biri bilan aloqasi qanday?
DISC bo’yicha har bir xulq-atvoridan kelib chiqib, ularga maqsad va vazifalar qo’yish, qayta aloqa berish, ruhlantirish va o’stirish qanday bo’ladi?
5-modul
Moliya modulida quyidagi savollarga javob topamiz:
Kompaniyada moliya funksiyasi qanday vazifalarni bajaradi?
Moliyaviy direktordan nimalarni so’rashim kerak?
Biznesdagi pulimni qiymati qanday?
Biznesimni zararsizlik nuqtasi qayerda?
Qaysi formula va raqamlarga asoslansam tikadigan investitsiyamni samaradorligini baholay olaman va to’g’ri investitsiya qarorini qabul qilaman?
Biznesimni qanday qilsam samarali boshqara olaman?
Pul oqimini samarali boshqarish va “КАССОВЫЙ РАЗРЫВ”ni oldini olish uchun nima qilishim kerak?
Foyda bor, pul esa yo’q? Unda pul qayerda?
Nima qilsam omborda ortiqcha zahiralar turib qolmaydi yoki ishchilar bo’sh qolmaydi?
Biznesni raqamlar orqali boshqarish qanday bo’ladi?
6-modul
HR va Korporativ madaniyat modulida quyidagi savollarga javob topamiz
Kompaniyada HR funksiya (HR emas) roli qanaqa bo’lishi kerak ?
HR nima uchun kerak? va HR menejerim qanday muhim kompetensiyalarga ega bo’lishi kerak?
Odamlar bilan bog’liq HR strategiya qanday ishlab chiqiladi?
Organizatsion dizayn, ya’ni struktura qandaytuziladi?
KPI joriy qilganmiz, lekin amalda ishlamiyapti?
“Korporativ madaniyat strategiyani nonushtaga yeydi”, nega?
HRni ishini baholash uchun qanday metrikalar bor?
To’g’ri xodim tanlashda nimalarga etibor berishkerak?
Puldan tashqari jamoani qanday motivatsiyasini oshirish mumkin?
Xodimlarni rivojlantirmoqchiman, qanday yo’llari mavjud?
Professional boshqaruvning 10ta muhim yo’nalishi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar beradigan mini MBA dasturi.
TOP CEO dasturi biznes egalari, kompaniya raxbarlari va TOP jamoa azolari uchun mo’ljallangan. Keyingi pog’onaga chiqish, kengayish, tizimlashish bosqichiga yetib kelgan kompaniyalar uchun qiymat bera oladi.
Dasturimiz ko’proq praktikaga asoslanganligi sababidan offline formatda tashkil qilinadi. Darslarimiz haftada 2 kun shanba va yakshanba kunlari ertalab 10:00 dan kechki 19:00 gacha tashkil etiladi
Har bir modul bo’yicha o’z soxasining praktik ekspertlari dars berishadi. Ular o’z soxalarida 12 yildan 30 yilgacha tajribaga ega mutaxxasislar.
Dasturimiz asoschilari Moliya boshqaruvi bo’yicha dasturimiz eksperti Otabek Umarov va Jamoliddin Shodiev