Rahbarlar uchun uchun
O’zbekistondagi birinchi amaliy
MBA dasturi
Start: 13-Sentabr
Agar sizda quyidagi muammolar uchrayotgan bo’lsa, bu sahifani tark etmang!
Bu muammolar so’rovnomamizda ishtirok etgan 100 ta tadbirkordan
90 tasida eng og’riqli hisoblanadi.
Strategik yo‘nalish va Qarorlar qabul qilish
1-muammo
Biznesingiz shunday bosqichga kelib qolganki, buyog’iga nima qilishga boshingiz qotgan;
Biznesingizning uzoq muddatli maqsadini belgilash va strategiyasini ishlab chiqib, barqaror rivojlantirishni xohlaysiz
Biznes strategiya qilgansiz, lekin u faqat qog’ozda qolib ketmoqda, ijrosi esa yo’q
Operatsion boshqaruv va Tizimlashtirish
2-muammo
Operatsionkadan chiqa olmayapsiz, oila va hobbiga vaqt yo’q
Biznesingizni masshtablashtirishni xohlaysiz va uni qanday tizimlashtirishni bilmaysiz
Bo’limlar va odamlar kengayib ketgan, kompaniyada “XAOS” mavjud, kim nimaga javobgar va kim bilan ishlashi aniq belgilanmagan
Liderlik va Jamoa boshqaruvi
3-muammo
Jamoani boshqarish qiyinlashib ketib, kuchli kadrlar sizni tark etmoqda
Liderlik qobilyatlaringizni yanada rivojlantirib, jamoani samarali boshqarishni xohlaysiz
Kompaniyangizda HR, Marketing, Moliya, Operatsion kabi funksional bo’limlarni tashkil qilish va vazifalar berishda qiyinchiliklar
Moliya bo'yicha muammolar
4-muammo
Pul yetishmovchiligi “КАССОВЫЙ РАЗРЫВ” kuzatilmoqda, kompaniya foydada, lekin pul yo’q
Kompaniya foydasi qisqarib ketmoqda, xarajatlarni nazorat qilish qiyin
Investitsiya bo’yicha noto’g’ri qarorlar qimmatga tushmoqda
Sotuv va Mijozlar bilan bog‘liq muammolar
5-muammo
Sotuv tushib ketib, sodiq mijozlar sizni tark etmoqda
Marketingga katta pul sarflayapsiz, lekin natija yo’q
Mahsulot yoki xizmatingizni bozorga olib kirishda qiyinchiliklar bor
Bozorda kuchli raqobat sizni qiynab qo’ymoqda
TOP CEO — rahbarlar uchun O’zbekistondagi birinchi amaliy MBA dasturi
TOP CEO bu — FAZZA Managment schoolning biznesni strategik boshqaruvga asoslangan O’zbekistondagi birinchi amaliy MBA dasturi hisoblanadi.

TOP CEO ning boshqa dasturlardan ajralib turadigan ustunliklari:
Menejmentning barcha muhim sohalarini o‘z ichiga oladi: Strategiya, O’zgarishlarni boshqarish , Liderlik, Moliya, Marketing, HR boshqaruvi Biznesni tizimlashtirish va Raqamli transformatsiya
To’liq qamrovli biznes boshqaruvi
Kurs davomida boshqa yirik kompaniya rahbarlari bilan samarali networking qilishingiz uchun dars jarayonida amaliy mashg’ulotlar, coffee-break’lar hamda darsdan tashqari kechki ovqat uchrashuvlari o’tkaziladi.
Yuqori darajali networking
O’zbekiston va Xalqaro brendlarda 20 yildan oshiq tajribaga ega ekspertlardan bevosida bilim olish
O’z sohasining eng yaxshi praktik ekspertlari
Darslar kichik guruhlarda real biznes keyslar va amaliy mashg'ulotlar asosida olib boriladi;
Butun dastur amaliyotga yo'naltirilganligi
TOP CEO raqamlarda!
TOP CEO dasturida ishtirok etgan bizneslar
Dasturimizni shu vaqtga qadar 100 dan oshiq kompaniya rahbarlari muvaffaqiyatli tamomlashdi;
100+
01
Ishtirokchilarning TOP CEO dasturi bo’yicha NPS ko’rsatkichi 92.3% ni tashkil qiladi;
92,3%
02
TOP CEO dasturi kimlar uchun mo’ljallangan?
Doimiy shaxsiy rivojlanishga va strategik fikrlashga ega tadbirkor ko'nikmalarini o'zida rivojlantirishni istagan rahbarlar uchun mo'ljallangan
Kompaniyani tizimli boshqarishni istagan
Biznesini masshtab darajaga olib chiqmoqchi bo'lgan
Biznesning keyingi bir necha yillik strategiyasiga va u strategiyani amalga oshirishning aniq yo'l xaritasiga ega bo'lishni istagan
TOP menejerlarini samarali boshqarishni istagan rahbarlar uchun
TOP CEO dasturi HAMMA UCHUN EMAS!
Endi biznes boshlaganlar uchun emas;
Xodimlar uchun emas, faqatgina rahbarlar uchun;
Faqatgina bilim olishni istaydiganlar uchun emas, ushbu dastur o’rganganlarini amalda qo’llab, biznesida transformatsiya qilishni istaganlar uchun!
DASTUR MODULLARI
TOP CEO dasturi haqida ishtirokchilar fikri
TOP CEO dasturining mentorlari
1-speaker
Otabek Umarov, FCCA
Veolia Energy Tashkent kompaniyasida "Head of Business Transformation" lavozimida faoliyat yuritadi, moliyaviy boshqaruv sohasida 27 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida O‘zbekistonda UZBAT, UzCaseMash, IFODA holdingi va Rossiyada Skolkovo Biznes Maktabi, SIBUR kompaniyalar guruhi, ACNielsen Cyprus, “Базовый элемент” kompaniyalar guruhida moliya yo’nalishi TOP lavozimlarida faoliyat yuritgan. Investitsiyalarni baholash, Qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish, Risklarni boshqarish, Moliya bo’limini tizimlashtirishda professional mutaxasis.
2-speaker
Samir Axmetzyanov
Reformat konsalting kompaniyasi asoschisi. Marketing sohasida 22 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida Universal McCann Digital Global marketing kompaniyasi, Ucell, Agromir Food (TM Bliss), Ekopen, Payme va Anorbank kompaniyalarida marketing yo’nalishi TOP pozitsiyalarda faoliyat yuritgan. Konsalting yo’nalishida EVOS va Agrobank rebranding va uzoq muddatli marketing strategiyalari loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Strategik marketing, Brending, PR yo’nalishlarida professional ekspert.
3-speaker
Ra’no Nurmuratova
Veolia Energy Tashkent Bosh HR direktori, HR boshqaruvi yo’nalishida 28 yillik tajribaga ega. Professional karyerasi davomida UZBAT, MAN Auto, Dedeman Silk Road Tashkent, The Hotel Wyndham Tashkent, PEPSI Uzbekistan, Uzcarlsberg kabi kompaniyalarda TOP HR pozitsiyalarda faoliyat olib borgan. O’zgarishlarni boshqarish, HR metrikalar, HR siyosat, Talantlarni o’qitish va rivojlantirish, HR strategiyalarni ishlab chiqish, HR jarayonlarini tizimlashtirish, Ish haqi va KPI tizimlarini yo’lga qo’yish bo’yicha professional ekspert.
4-speaker
Ulug'bek Turg'unov
Biznesning strategik va operatsion boshqaruvi bo‘yicha ekspert, 25 yillik amaliy tajribaga ega. Xalqaro kompaniyalarning tijorat yo‘nalishlarida (Procter & Gamble, Reckitt Benckiser, Carlsberg Uzbekistan, Apple City Corps), shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston bozorlaridagi yirik mahalliy kompaniyalarda (Agromir Food, АКТИОН МЦФЭР Узбекистан, Varton) boshqaruv lavozimlarida ishlagan.
5-speaker
Qobiljon Babaev, MBA
Reformat konsalting korxonasining hammuassisi. Marketing va PR sohasida 12 yillik tajribaga ega. Marketing bo’yicha MBA darajasini olgan. Uzbekistan GTL, Ekopen, Payme, Agrobank kompaniyalarida marketing va PR yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan. Marketing tadqiqotlari olib borish, Brend va Marketing strategiyalari tuzish bo’yicha ekspert.
6-speaker
Lola Razzakova
Xalqaro sertifikatga ega biznes-trener. HR sohasida 20 yildan oshiq amaliy tajribaga ega. O’zbekistonda UzCase, KPMG va ARTEL kompaniyalarida HR direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan. UJC (O'zbekiston Yaponiya markazi) da Biznes trener, TBC bank o’quv markazi raxbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jamoada samarali komunikatsiya va maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan liderlik va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish, Boshqaruv qobiliyatlarini o’stirish, kuchli praktik ekspert.
7-speaker
Muratov Murodxo'ja
UIC Group IT-kompaniyasining rahbari va asoschisi. IT-tadbirkor, dasturchi, dizayner va DevOps muhandis. IT-loyihalarni boshqarish, strategik rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ekspert. IT sohasida 12 yildan ortiq tajriba va amaliyotga ega yuqori malakali mutaxassis.
Outsourcing modeli asosida faoliyat yurituvchi, Dubay va AQSh bozorlarida o‘z mijozlariga ega, 250 dan ortiq loyihani muvaffaqiyatli yakunlagan
8-speaker
Muxamedov Abdulaziz
Next Generation Development konsalting kompaniyasi asoschisi. Professional karyerasi davomida Janubiy Koreyaning Dr.One, O‘zbekistonda O'zavtosanoat, Texnopark kompaniyalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va avtomatlashtirish bo'yicha raxbarlik lavozimlarida ishlagan. Hozirda Ernst and Young (Buyuk Britaniya), Internationale Projekt Consult (Germaniya), konsalting kompaniyalarida Boshqaruv va operatsion samaradorlik bo’yicha consultant.E'tiqod Mebel, O'zbekiston Pochtasi, Muza, Hamkorbank, Ipak Yo'li Bank, Davr Bank, TBC Bank, ACWA Power, UNIDO loyihalarni boshqargan
Eng ko‘p beriladigan top 5 savollar
Footer

Biz bilan bog'laning

Telefon: +998 77 151 51 00

Veb-sayt: topceo.uz

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.Qaxxor ko'chasi 9-tor, 1-Uy

Ijtimoiy tarmoqlar

| | | |

TOP CEO

Amaliy MBA dasturi — strategik fikrlovchi va biznesni tizimli rivojlantirishga intilayotgan rahbarlar uchun.

© 2025 TOP CEO. Barcha huquqlar himoyalangan.
Made on
Tilda